Davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo`yicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq akademik liseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10 iyul etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda.
Akademik liseylarga 2022/2023-o`quv yili uchun hujjat topshirish istagida bo`lganlar 10 iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin.
Ma`lumot uchun:
Akademik liseylarga hujjat topshirgan abiturientlar 10 iyulga qadar elektron platforma orqali onlayn ariza holatini tekshirishi va o`zgartirishlar kiritishlari mumkin.






