AsosiyJamiyat

Prezident qurilish qiymati va tannarxini 10 foizga kamaytirish yo`lini aytdi

'Prezident qurilish qiymati va tannarxini 10 foizga kamaytirish yo`lini aytdi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, ayni paytda Prezident raisligida arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida so`nggi besh yilda qurilish sohasi iqtisodiyotimizning “drayver” yo`nalishiga aylangani ta`kidlandi. 

Bu davrda:

  •  250 ming xonadonli 8 mingdan ortiq ko`p qavatli uylar, 21 ming servis-xizmat ko`rsatish va 10,5 ming ijtimoiy soha ob`ekti qurildi, 31 ming korxona tashkil etildi;

 

  •  qurilishda ruxsat berish jarayonlari 17 tadan 6 tagacha, er ajratishdan boshlab qurilishga ruxsat olishgacha bo`lgan muddat 286 kundan 86 kunga qisqardi;

 

  •  “Shaffof qurilish” dasturi yaratilib, tenderlarda qatnasha oladigan qurilish korxonalari soni 18 mingga etdi;

 

  •  natijada qurilish ishlari hajmi 4 baravarga oshib, 2021 yilda 107 trillion so`mni, joriy yil 5 oyida esa 46 trillion so`mni tashkil etdi.

 

“ – Ochiq aytish kerak, tadbirkorlarimiz qurilish qilish va qurilish materiallari ishlab chiqarishni o`rganib oldi.

Lekin sohada hali echimini kutayotgan eng katta masala, bu – loyihalash va sifat.

Loyihalarga to`g`ri echim topish, mahalliy materiallarni ishlatish orqali qurilish qiymati va tannarxini bemalol 10 foizga kamaytirsa bo`ladi.

Bu har yili 10 trillion so`mni iqtisod qilib, boshqa ehtiyojlarga ishlatish mumkin, degani”, deb ta`kidladi Prezident.

 

    Boshqa yangiliklar