AsosiyJamiyat

Qurilish vazirligida Bosh arxitektor lavozimi joriy qilindi, unga vazirning birinchi o`rinbosari maqomi beriladi

'Qurilish vazirligida Bosh arxitektor lavozimi joriy qilindi, unga vazirning birinchi o`rinbosari maqomi beriladi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi davom etmoqda.

Unda ta`kidlanishicha, xorijiy ekspertlarning tahlillariga ko`ra, “genplan”lar ishlab chiqilmasa, 2030 yilga kelib infratuzilma xarajatlari 2 baravarga oshadi hamda qishloq xo`jaligi erlari 30 ming gektarga kamayib ketadi.

“Umuman, qurilish bilan bo`lib, arxitektura orqada qolib ketdi. Shu bois, mahalla, tuman (shahar), viloyat va respublika darajasida qurilish va loyihalash ishlarini tartibga solish bo`yicha yangi tizim joriy qilinadi”, dedi davlatimiz rahbari.

Yig`ilishda qayd etilishicha, hududlarning bosh rejalari va master rejalarini ishlab chiqish bo`yicha Respublika kengashi tuziladi.

Qurilish vazirligida Bosh arxitektor lavozimi joriy qilinib, unga vazirning birinchi o`rinbosari maqomi beriladi.

Shuningdek, tuman va shahar qurilish bo`limiga arxitektor rahbarlik qiladi va hududning bosh arxitektori bo`ladi.

Respublika kengashiga Qurilish vazirligi Bosh arxitektori va Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi birinchi o`rinbosari rahbarlik qiladi.

Viloyatlarda loyiha ofislari ochilib, ularga hokimning birinchi o`rinbosari va viloyat bosh arxitektori bosh-qosh bo`ladi.

Bosh va master rejalarni ishlab chiqish yangicha yondashuv asosida 3 ta bosqichdan iborat bo`ladi.

Birinchi bosqichda Respublika kengashi hududning ixtisoslashuvi, transport-logistika, sanoat va xizmat loyihalarini joylashtirish uchun er va infratuzilmaga ehtiyoji va chegaralarini belgilaydigan Bosh sxemasini ishlab chiqadi.

Bunda yaqin (5 yillik), o`rta (10 yillik) va uzoq (20 yillik) muddatlarda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik mezonlar asosida viloyatning rivojlanish ko`rsatkichlari belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar