Ijtimoiy tarmoqlarda shunday holat aks etgan video tarqaldi.
Xabarlarda videodagi holat xususiy klinikada sodir bo`lgani aytilmoqda. Unda noma`lum chaqaloqni turlicha massaj qilgani, bola kuchli harakatlarga dosh berolmay, chinqirib yig`lagani aks etadi. Holatni tasvirga olgan ayollar esa (ovoziga nisbatan) bunga hech bir e`tiroz bildirishmagan.
Eslatib o`tamiz, Sog`liqni saqlash vaziri Behzod Musaev kuni kecha Toshkentda yuz bergan holat bo`yicha gapirib, bu kabi “uqalash muolajasi” nafaqat tibbiyot, balki insoniylik tuyg`ulariga ham yotligini bildirgandi. Shuningdek, ota-onalarga murojaat qilib, tegishli lisenziya, ruxsatnoma va malakaga ega bo`lmagan kimsalarga farzandlarining taqdiri va salomatligini ishonib topshirmasliklarini so`ragandi.
Buxoroda yuz bergan bu vaziyat bo`yicha esa tegishli idoralardan rasmiy munosabat kutib qolamiz.






