Sal avval Buxoroda ham chaqaloq qiynoqqa solinib, massaj qilingani haqida xabar bergan edik.
Sog`liqni saqlash vazirligi Buxoroda yuz bergan holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, vazirlik ayni paytda mazkur holat qaerda va qachon bo`lgani, uqalash muolajasi kim tomonidan amalga oshirilgani yuzasidan o`rganish olib bormoqda va uning natijalari bo`yicha to`liq ma`lumot taqdim etiladi.
Eslatib o`tamiz, Sog`liqni saqlash vaziri Behzod Musaev kuni kecha Toshkentda yuz bergan holat bo`yicha gapirib, bu kabi “uqalash muolajasi” nafaqat tibbiyot, balki insoniylik tuyg`ulariga ham yotligini bildirgandi. Shuningdek, ota-onalarga murojaat qilib, tegishli lisenziya, ruxsatnoma va malakaga ega bo`lmagan kimsalarga farzandlarining taqdiri va salomatligini ishonib topshirmasliklarini so`ragandi.
Dilbar Abdunabieva.






