O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 6 iyul sanasida tavallud kunini nishonlayotgan Qozog`istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboevni tabrikladi.
Ular telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, suhbat avvalida davlat rahbari Nursulton Nazarboevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog`lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.
Qozog`istonning birinchi Prezidenti O`zbekiston rahbariga tabrik uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizdagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar izchil davom ettirilishiga ishonch bildirgan..
"Suhbat yakunida Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev muborak Qurbon hayiti bilan bir-birini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladilar",-deyiladi xabarda.
Dilbar Abdunabieva.






