Toshkent metrosidagi erusti halqa yo`lining 7-bekati bir haftaga yopildi. Bu haqda metropoliten xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida Farg`ona yo`li ko`chasidan “Qo`yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo`l o`tkazgichining metropoliten erusti halqa yo`lining 6 va 7-bekatlari oralig`ida qolip konstruksiyalarini o`rnatish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan 7-bekat 11 iyuldan 18 iyulga qadar yo`lovchilarga vaqtincha xizmat ko`rsatmaydi. Erusti halqa yo`li yo`nalishida poezdlar harakati “Do`stlik—2” bekati bilan 6-bekat oralig`ida tashkil etiladi.
"Shuningdek, 11 iyuldan avgustga qadar erusti halqa yo`lida poezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi",-deyiladi xabarda.






