AsosiyJamiyat

"37 nafar bemor murojaat qilgan"

'"37 nafar bemor murojaat qilgan"'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumanida juda ko`plab odamlar zaharlangani aytilgan video tarqaldi.

Shundan so`ng hokimlik matbuot xizmati voqea bo`yicha tezkor munosabatini e`lon qildi.

Ayni damda "Sanepidxizmat" matbuot xizmati ham holat bo`yicha munosabat bildirib, zaharlanganlarga tashxis qo`yilganini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun 12:10 larda tuman Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tumanda istiqomat qiluvchi 2006 yilda tug`ilgan fuqaro G`. M o`zida ko`ngil aynishi, qusish, bosh og`rig`i va ich ketishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan. Bemorda zaruriy tibbiy muolajalar o`tkazilib, kasallik sabablari o`rganilganda u bir kun avval tuman markazida joylashgan ovqatlanish shoxobchasidan byrger sotib olib, istemol qilganligi ma`lum bo`lgan. Shu kunning o`zida soat 18:30 ga qadar yana 16 nafar fuqarolar yuqoridagi shikoyatlar bilan tuman Yukumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.

"Barcha bemorlarning oshqozoni yuvilib zaruriy tibbiy muolajalar o`tkazildi. Xozirda bemorlarning umumiy axvoli qoniqarli. Bemorlarga “O`tkir gastroenterit” tashxisi qo`yildi. 2022 yil 6 iyul 23:00 xolatiga shifoxonada jami 37 nafar bemorlar murojaat qilgan bo`lib bemorlarning 17 nafari davolanmoqda, qolgan 20 nafari umumiy xolatiga ko`ra tibbiy kuzatuvga olindi",-deyiladi xabarda.  

Kasallikka sabab bo`lgan omillarni aniqlash maqsadida  oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasida epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, oilaviy korxonaga qarashli 3 ta shoxobchasi faoliyati shu kuning o`zida vaqtinchalik to`xtatilgan va maxsulotlar tayyorlash xonasi xamda omborxonadagi maxsulotlardan namunalar olinib Qo`rg`ontepa tuman Sanepidxizmat laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar