Ijtimoiy tarmoqda Farg`ona shahrida uch nafar ayol bir ayolni “samosud” qilgani aytilgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat viloyat IIB tomonidan o`rganib chiqilib, rasmiy munosabat bildirildi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 22 iyun kuni Farg`ona shahar Bozor yo`li ko`chasida tillo savdosi bilan shug`ullanuvchi Q.S. o`zaro savdo munosabatlari yuzasidan shu erda tillo buyumlar sotuvchi tanishi A.G. bilan janjallashib ketgan. Janjalga shu erda bo`lgan A.G. ning ikki nafar singillari A.R. va G.A. ham aralashib, bir-birlariga engil tan jarohati etkazgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizaning 6 iyul kungi xulosasida A.X., Q.S. hamda A.R. lar engil tan jarohati olganligi ko`rsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






