Bugun 7 iyulda O`zbekiston bo`yicha nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Maksimal harorat 30-35°, janubda 37-39° atrofida bo`lishi kutilmoqda.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi termometr ustuni 32-34° dan yuqori bo`lmaydi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo 21-
26° gacha isiydi.






