AsosiyJamiyat

Olmaliqdagi ixtisoslashtirilgan maktab o`qituvchilari o`quvchi topishga majburlangani aytilmoqda

'Olmaliqdagi ixtisoslashtirilgan maktab o`qituvchilari o`quvchi topishga majburlangani aytilmoqda'ning rasmi

Ushbu holat yuzasidan XTV quyidagilarni ma`lum qildi. Unga ko`ra, Olmaliq shahridagi 80-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati — Toshkent viloyatidagi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yagona maktab internati hisoblanadi. Maktab internatiga bolalar Toshkent viloyati xalq ta`limi boshqarmasining  yo`llanmasi asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ham bu yo`nalishdagi ixtisoslashtirilgan muassasa mavjud bo`lmaganligi sababli ushbu viloyatdagi eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalarni ham ta`lim bilan qamrab oladi.

Kar va zaif eshituvchi bolalarni ta`limga jalb qilish va to`liq qamrab olish uchun mikrohudud (Toshkent viloyati) bo`yicha shahar va tumanlar Sog`liqni saqlash bo`limlaridan shu toifadagi bolalar ro`yxati olinadi va maktab yoshidagi bolalar ta`limga jalb qilinadi.

Pedagog xodimlarga dars taqsimoti amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida o`quvchilar sonidan kelib chiqib, shakllantirilgan sinflar sonidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalarni ta`limdan chetda qolishini oldini olish maqsadida ushbu toifadagi farzandlari bor ota-onalarga umumiy o`rta ta`lim majburiyligini va bu bolalarning ta`lim olishlari uchun etarli sharoitlar mavjudligini targ`ib qilish hamda tushuntirish ishlarini olib borish ijobiy natija beradi.

O`rganishlar natijasida maktab rahbariyati tomonidan o`qituvchilarga o`quvchi topish yuzasidan topshiriq berganligi o`z tasdig`ini topmaganligini ma`lum qilamiz.

    Boshqa yangiliklar