AsosiyJamiyat

Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi Mineralnie Vodi va Urganch o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri reyslarni yo`lga qo`ydi

'Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi Mineralnie Vodi va Urganch o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri reyslarni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasining samolyoti 6 iyul kuni soat 03.04 da bortida 92 yo`lovchi bilan Urganch xalqaro aeroportiga qo`ndi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar bermoqda.

Mineralnie Vodi – Urganch – Mineralnie Vodi yo`nalishi bo`yicha ilk yo`lovchi parvozini amalga oshirgan havo kemasi suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

“Urganch” aeroporti terminalida “Azimut” aviakompaniyasi vakillari an`anaga ko`ra ushbu reysga birinchi bo`lib chipta sotib olgan yo`lovchini tabriklashdi. Baxtli yo`lovchi Nargiza Muratova bo`lib, unga aviakompaniyaning har ikki yo`nalishdagi yo`nalishlari bo`yicha ikki kishilik aviachiptalarning joriy yil oxirigacha amal qiladigan sertifikati tantanali ravishda topshirildi.

Mineralnie Vodi – Urganch – Mineralnie Vodi yo`nalishi bo`yicha parvozlar muntazam ravishda SU-95 samolyotlarida haftada bir marta chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Shuningdek, yaqin kelajakda aviakompaniya Mineralne Vodidan Toshkentga parvozlarni yo`lga qo`yishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar