Avvalroq, Andijondagi savdo shoxobchasidagi nonburger va xot-dogni iste`mol qilgan 37 nafar fuqaro zaharlangani haqida xabar berilgan edi.
Ayni paytda Andijon viloyati prokuraturasi mazkur holat yuzasidan jinfot ishi qo`zg`alganini xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 6 iyul kuni Qo`rg`ontepa tumani, “Ijtimoyat” MFY, “Bo`ston” ko`chasida yashovchi, fuqaro G`.M Qo`rg`ontepa tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga xolsizlik, ko`ngil aynishi, qayd qilish, bosh og`rig`i va ich ketishidan shikoyat qilgan.
Shu kunning o`zida yana 26 nafar fuqarolar sog`lig`ida yuqoridagi belgilar bilan tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojat qilishgan.
Bemorlarga “O`tkir gastroenterit” tashxisi bilan shoshilinch tibbiy muolajalar o`tkazilgan, hozirda barcha bemorlarning umumiy ahvoli qoniqarli.
Zaharlanishga sabab bo`lgan holatlarni aniqlash bo`yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida bemorlarning barchasi 2022 yil 5-6 iyul kunlari tuman markazida joylashgan tez tayyorlanadigan eguliklar bilan savdo qiluvchi shohobchadan “Nonburger” va “Xoddog” sotib olib iste`mol qilganligini bildirishgan.
Mazkur holat yuzasidan 07.07.2022 yilda Qo`rg`ontepa tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






