AsosiyJamiyat

Farg`onada davlat soliq inspeksiyasining 3 nafar xodimi avtohalokatga uchradi, ulardan biri voqea joyida halok bo`lgan

'Farg`onada davlat soliq inspeksiyasining 3 nafar xodimi avtohalokatga uchradi, ulardan biri voqea joyida halok bo`lgan'ning rasmi

5 iyul kuni soat 12:30 lar atrofida Uchko`prik tumani Sariqo`rg`on MFY hududida yo`lning qarama-qarshi tomonida harakatlanib kelayotgan “Tiko” va “Jiguli” rusumli avtomashinalar to`qnashib ketishi natijasida yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi.

Farg`ona viloyati davlat soliq boshqarmasining xabar berishicha, baxsiz hodisa paytida Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasining 3 nafar xodimi “Tiko” rusumli mashinada bo`lgan. Afsuski, yo`l transport hodisasi natijasida I.Rasulov voqea joyida vafot etgan. Turli darajada tan jarohatlari olgan N.O`rolxonov Qo`qon shahar Markaziy shifoxonasi, X.Eshonqulov esa Uchko`prik tumani Markaziy shifoxonasi jonlantirish bo`limlariga olib ketilgan va ayni vaqtda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Farg`ona viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda inspeksiya rahbariyati marhum I.Rasulovning xonadonida bo`lib, oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdilar. Shuningdek, kelgusida muntazam ravishda oila holidan xabar olib turilishi hamda yordamga hamisha tayyor ekanliklarini ma`lum qildilar.

"Shu bilan birga, shifoxonada davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldilar va zarur yordamlar ko`rsatilmoqda" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar