AsosiyJamiyat

8 iyuldan Toshkent-Qarshi-Toshkent yo`nalishida “Afrosiyob” tezyurar poezdi qatnovi boshlanadi

'8 iyuldan Toshkent-Qarshi-Toshkent yo`nalishida “Afrosiyob” tezyurar poezdi qatnovi boshlanadi'ning rasmi

2022 yil 8 iyul sanasidan boshlab, haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo`nalishida 780/779-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdlari qatnovi yo`lga qo`yiladi.

Harakat jadvaliga ko`ra “Toshkent- Qarshi” yo`nalishida qatnovini amalga oshiradigan 780-sonli “Afrosiyob” elektropoezdi har haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 07:00 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan;

“Qarshi-Toshkent” yo`nalishida harakatlanadigan 779-sonli “Afrosiyob” elektropoezdi esa Qarshi temir yo`l vokzalidan soat 15:25 da qatnovini amalga oshiradi.

Shu bois, 2022 yil 8 iyul sanasidan boshlab, bugungi kunda “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan 764/763-sonli hamda “Toshkent-Buxoro” yo`nalishida harakatlayotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoezdlarining harakat jadvaliga ham o`zgartirish kiritiladi.

Unga ko`ra, “Toshkent-Samarqand” yo`nalishida harakatlanadigan 764-sonli “Afrosiyob” elektropoezdi har kuni soat 08:30 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan,

“Samarqand-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan 763-sonli “Afrosiyob” elektropoezdi soat 16:15 da Samarqand temir yo`l vokzalidan,

“Toshkent-Buxoro” yo`nalishida harakatlanadigan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoezdi esa soat 08:56 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Yuqoridagi “Afrosiyob” elektropoezdlari harakati yo`lga qo`yilishi munosabati bilan, 2022 yil 10 iyul kunidan boshlab haftaning har yakshanba kuni “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan 768/767-sonli “Afrosiyob” elektropoezdi qatnovi to`xtatiladi.

Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan, shuningdek, http://Chipta.railway.uz saytidan bilib olish mumkin.


 

                                        

    Boshqa yangiliklar