AsosiyJamiyat

Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi

'Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi'ning rasmi

Hukumat qarori (365-son, 06.07.2022 y.) bilan sport hakamlariga malaka toifasini berish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Reglamentga ko`ra, Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:

  • ️xalqaro toifali sport hakami;
  • ️milliy toifali sport hakami;
  • ️birinchi toifali sport hakami;
  • ️ikkinchi toifali sport hakami;
  • ️uchinchi toifali sport hakami;
  • ️sport bo`yicha hakam.

 

 Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali Sportni rivojlantirish vazirligi va hududiy boshqarmalar (vakolatli organ) tomonidan ko`rsatiladi.

Arizaga shaxs faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan malaka toifasini berish to`g`risidagi taqdimnoma ilova qilinadi.

Davlat xizmati ko`rsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming so`m) miqdorida yig`im undiriladi.

Vakolatli organ ariza kelib tushgan kuni qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.

Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.

Malaka komissiyasi ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida ko`rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

    Boshqa yangiliklar