AsosiyJamiyat

Farg`onada Ekologiya qo`mitasining xodimi tadbirkordan pora olayotganda ushlandi

'Farg`onada Ekologiya qo`mitasining xodimi tadbirkordan pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Oltiariq tuman bo`limi boshlig`i X.U. “R.Q.” MChJda o`tkazilgan tekshiruvda aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo`yicha qo`llaniladigan jarima miqdorini kamaytirib berish evaziga MChJ rahbari A.dan o`z xizmat xonasida 1 600 AQSh dollari pora talab qilgan. 

U Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda porani olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda  Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar