AsosiyJamiyat

25 nafar maktab kutubxonachisining qariyb 55 million so`mlik ish haqi to`lab berilmaganligi aniqlandi

'25 nafar maktab kutubxonachisining qariyb 55 million so`mlik ish haqi to`lab berilmaganligi aniqlandi'ning rasmi

Maktab kutubxonasi madaniyat va ta`limning muhim bug`ini hisoblanadi. Kutubxonachilarning mehnati tufayli kitobxonning axborot olish madaniyati, mutolaaga, ilm-fanga bo`lgan qiziqishi ortadi va dunyoqarashi barqaror rivojlanadi. Shuning uchun bo`lsa kerak, kutubxona ma`rifat maskani, sifatida qadrlanadi. Afsuski, hamma joyda, hamma rahbarlar tomonidan ham emas.  

Bunday deyishimizga asos bor albatta. Samarqand viloyati Adliya boshqarmasining "Darakchi.uz"ga bergan ma`lumotiga ko`ra, Kattaqo`rg`on tuman adliya bo`limi tomonidan tuman Xalq ta`limi bo`limida o`tkazilgan monitoringlar natijasida hududdagi bir emas, o`n emas, 20 nafardan ortiq maktablardagi kutubxonachilarga berilishi kerak bo`lgan qo`shimcha rag`batlantirish pullari  to`lab berilmaganligi aniqlandi.  

Xususan, tumandagi  31-maktab kutubxonachisi N.Bozorova 2 182 957 so`m,  92-maktab kutubxonachisi  M.Yalg`ashova 1 029 697 so`m,  44-maktab kutubxonachisi  X.Sharipov 2 059 394 so`m, huddi shuningdek, 4, 41, 73, 104, 28, 8, 27, 24, 51, 5- singari maktab kutubxonachilariga ana shunday miqdordagi  ish haqalariga qo`shimcha tarzda berilishi lozim bo`lgan jami 25 nafar kutubxonachiga 54 million 580 ming 431 so`m to`lanmagan.  

Adliya bo`limi xodimlarning manfaatlarini ko`zlab Fuqarolik ishlari bo`yicha Kattako`rg`on tumanlararo sudiga da`vo arizasi kiritdi. Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi deganlaridek, adolat qaror topdi. Sud O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 171, 178- moddalarini qo`llab, adliya bo`limining arizasini qaonatlantirdi.  

Qonun ustuvor bo`lgan joyda taraqqiyot, rivojlanish bo`ladi. Agar har bir mas`ul idora va rahbarlar o`z xodimlarining qonuniy manfaatlarini ko`zlab ish tutsa, jamiyatda o`ksik qalblar bo`lmaydi. Zotan birovning haqi birovga buyurmaydi.  

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoni bilan umumta`lim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxonachilarining oylik maoshlari 2022 yil 1 sentyabrdan oshirilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar