AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istondagi g`alayonda odamlarni tarqatish uchun nimalardan foydalanilgan edi?

'Qoraqalpog`istondagi g`alayonda odamlarni tarqatish uchun nimalardan foydalanilgan edi?'ning rasmi

Internetda “Nukus ko`chalari qonga to`ldi” degan izoh bilan video tarqalgandi. Keyinchalik ushbu videoda qon emas, balki olomonni tarqatish uchun sepilgan qizil rangli maxsus suv ekanligi ma`lum qilindi.

Ichki ishlar vazirligining Axborot xizmati ommaviy tartibsizliklarni tarqatish jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo`llaniladigan maxsus texnik vositalarga doir video ma`lumotlarni taqdim etdi. 

Unda Qoraqalpog`istondagi ommaviy tartibsizliklar bo`lgan paytda odamlarni tarqatish maqsadida qizil bo`yoq qo`shilgan granatadan foydalanilganligi aytilgan. Bundan maqsad namoyishchilarni tezda tanib olish va ularni tinch aholidan ajratish olish bo`lgan. Ta`kidlanishicha, ushbu bo`yoq inson salomatligi uchun xavfsiz.

Videoda yana boshqa turdagi tartibsizliklarni tarqatish vositalari bilan tanishish ham mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar