AsosiyJamiyat

O`zbekistonda farmasevtika rivoji uchun 125 million dollar yo`naltiriladi

'O`zbekistonda farmasevtika rivoji uchun 125 million dollar yo`naltiriladi'ning rasmi

O`zbekistonla Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etiladi. Bu haqda bugun, AOKAda o`tkazilgan brifingda Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova ma`lum qildi.

Unga asosan, markazga tibbiy, klinik va laboratoriya jihozlari bilan ta`minlash uchun Koreya Eksimbanki jamg`armasi kreditlari yo`naltiriladi. Loyihaning qiymati 125 mln. AQSh dollari, bu orqali 250 ta yangi ish o`rinlari yaratiladi.

Markaz quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:  

  • Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini xalqaro etik va ilmiy standartlar talablariga muvofiq tashkil etishni joriy etish;
  •  respublika hududida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda klinik bazalarni jahon standartlari asosida modernizasiya qilishni muvofiqlashtirish;
  • "Zarur klinika amaliyoti (GCP)" talablariga muvofiq dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o`tkazishni tashkil etish;
  • jenerik dori vositalarining original dori vositalariga farmakologik bioekvivalentligini aniqlash;
  •  klinik tadqiqot sub`ektida dori vositalarining farmakokinetik tadqiqotlarini o`tkazish;
  • tibbiyot xodimlarining klinik tadqiqotlar o`tkazish sohasida malakasini oshirish;
  • "Zarur klinika amaliyoti (GCP)" yo`nalishida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.


Ma`lumot o`rnida, respublikada bugungi kunda 89 ta klinik tadqiqot bazalari faoliyat yuritib kelmoqda. Qarorga binoan mazkur klinik tadqiqot bazalari 2026 yilga qadar bosqichma-bosqich xalqaro akkreditasiyadan o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar