"Uzbekistan Airways" yo`lovchi va kutib oluvchilar diqqatiga muhim yangilikni ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 7 iyulgi HY-637 Urganch – Sankt-Peterburg yo`nalishida soat 18:30 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan reys texnik sabablarga ko`ra qariyb 4 soatga kechiktirildi.
Shu bois HY-638 Sankt-Peterburg – Urganch qatnovining etib kelishi ham kechikadi.
"Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz",-demoqda aviakompaniya.






