1

Munisa Rizaeva tuhmatga qoldi

Shou-biznes 22.07.2016, 10:14
Teglar: Munisa Rizaeva
Munisa Rizaeva tuhmatga qoldi

Xonanda Munisa Rizaeva o`zining shaddodligi, bir so`zligi, kuchli ovozi hamda chiroyli tashqi ko`rinishi bilan boshqa ayol xonandalardan ajralib turadi. Ayni paytda o`zbek shou-biznesida eng yuqori reytingni hech kimga bermay kelayotgan xonanda “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida sirli oshig`i haqida ma`lumot berdi.

“Menga har kuni gul jo`natadigan sirli oshig`im bu erlik emas. U menga uylanish harakatida yuribdi. Men kuzda o`ttiz yoshga kiraman va bu yoshgacha juda ko`p xatolar qildim. Endi yana shu xatolarni takrorlamoqchi emasman. Aytishadi-ku, og`zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi, deb. Ming marta o`ylab, keyin javobimni aytmoqchiman. Tennischi yigit bilan bo`ladigan nikoh to`yimni intizorlik bilan kutgandim, ammo uning xiyonat qilganidan xabar topdim. Bu xiyonatni kechirish menga juda og`ir bo`ldi. Bizning bugun birga emasligimizning boshqa sabablari ham mavjud. Yana aynan shu borada turli tuhmatlar qurboniga aylandim. Tuhmatlardan, hayotim haqida to`qilgan ertaklardan juda charchadim. O`zim haqimda salbiy fikrlarni eshitaverib, tanqidni ko`tara olmaydigan bo`lib qoldim. Yaqinda bu xabarimni jurnalist Sardor Komilov saytiga qo`ydi, lekin yozilgan salbiy izohlarni ko`rib, u ham yomon ahvolga tushibdi. Izohlarda men haqimda shunaqa bo`htonlar yozilganki... Ularning yozishicha, men turmushga chiqmoqchi bo`lgan yigit boshqasiga uylangani uchun Qirg`izistonga borib, janjal qilib kelganmishman. Aslida, voqea butunlay boshqacha bo`lgandi.

Oilamiz do`stining o`g`li menga uylanish harakatida edi. Bir muddat gaplashganimizdan keyin bir-birimizga mos emasligimizni tushundik va yaxshilikcha xayrlashdik. Uning otasi kasallikdan vafot etgani tufayli ta`ziya bildirish uchun oilamiz bilan Qirg`izistonga borgandik. Menga uylanmoqchi bo`lgan yigitning rafiqasi bilan ham yaxshi tanishman, ular juda baxtli hayot kechirishmoqda. Do`stona aloqalar saqlanib qolgan bo`lishiga qaramasdan, muxlislar meni oilasi bilan urishib kelganlikda ayblashibdi. Ular Xudodan qo`rqishmaydimi? Axir tuhmat og`ir gunoh ekanligini hamma bilsa kerak? Aybim san`atkorligimmi? Ko`pchilik men haqimda “Juda evropalashgan”, “Dinini ham bilmaydigan” qiz deb o`ylar ekan. Insonni yaqindan bilmasdan unga loy chaplash shunchalik osonmi?  Aslida, men o`zbekligimni hech qachon unutmayman! Nohaq ayblovlardan ko`nglim qolib ketdi, ba`zan tushkunlikka tushib, ijod qilgim kelmay qoladi. Men shunaqa odammanki, oqni oq deyman, qorani qora! Qaysi san`atkor qiz yigiti borligini oshkor qilgandi? Men hech kimdan hech narsa berkitmadim-ku! Vaja bilan ajrashdim, men o`zimdan farishta yasamayman. Bu menga kerakmas. Muxlislarim meni borimcha qabul qilishlarini istayman. Ism ham inson taqdirini belgilar ekan. Ismim tarjima qilinganda “ishonchli do`st” degan ma`noni anglatadi. Men insonlarga haqiqiy do`stman!”

Sharhlar

"Kuyovbolaning yoshi mеndan kichik". Munisa Rizaeva turmushga chiqayotgani haqida ma`lum qildi (video)

08.01.2021, 10:17

Xonanda Munisa Rizaeva turmushga chiqmoqda. Bu haqda xonandaning o`zi Instagram sahifasida muxlislari bilan bo`lgan jonli savol-javob efiri chog`ida ma`lum qildi. Xonanadaga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bir qancha...
Munisa Rizaevani tovlamachilikda ayblashdi

13.03.2020, 18:21

Munisa Rizaeva o`z instagramdagi sahifasida videomurojaat joylashtirdi. Unda xonanda muxlislari uni tovlamachilikda ayblashayotganligini aytmoqda. Bu haqda honandaning intagram sahifasiga ilova qilib Aniq.uz xabar berdi.Xonanda va...
​Munisa Rizaeva 700 dollar muhokamalariga javob berdi

30.09.2019, 18:41

Xonanda Munisa Rizaeva o`zining Instagram’dagi sahifasida to`y va marosimlardagi «birrov» xizmati narxi muhokamalarga sabab bo`lgani uchun ushbu fikrlarga o`zining munosabatini bildirib o`tdi.Munisa Rizaevaning ta`kidlashicha, u...
Munisa Rizaeva tug`ilgan kunini nishonladi (video)

23.10.2018, 09:50

O`zbek estradasi yulduzi Munisa Rizaeva tug`ilgan kunini nishonladi.O`zining doimiy xit taronalari va betakror kliplari bilan ajralib turadigan xonanda 32 yoshni qarshiladi. Xonandani muxlislari va do`stlari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1