AsosiyJinoyat

Farg`onada mahalladoshining 19 bosh qoramolini olib, pullarini bermay aldab yurgan shaxs javobgarlikka tortildi

'Farg`onada mahalladoshining 19 bosh qoramolini olib, pullarini bermay aldab yurgan shaxs javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Beshariq tumani. 2022 yilning 5 iyun kuni Qashqa ko`chasida yashovchi T.R. mahalladoshi M.X.ning yashash xonadoniga kelib, uning ishonchiga kirib, hovlisida bo`lgan umumiy narxi 48.000.000 so`mlik 19 bosh chorva qo`ylarini sotib olib, pulni tez kunda olib kelib berishini va`da qilgan va firibgarlik yo`li bilan qo`ylarini qo`lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.U. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar