AsosiyJamiyat

9 iyul - Qurbon Hayiti kuni Toshkentning qator ko`chalari transportlar harakati uchun yopiladi

'9 iyul - Qurbon Hayiti kuni Toshkentning qator ko`chalari transportlar harakati uchun yopiladi'ning rasmi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan poytaxtda 9 iyul kuni soat 00:00dan  soat 07:00ga qadar qator ko`chalarda transport vositalari harakati to`xtatiladi. Bu xaqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Jumladan:

Olmazor tumani:

"Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko`chasining A.Qodiriy ko`chasidan Nurafshon ko`chasigacha bo`lgan qismi.

Chilonzor tumani:

1) “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor 2-darajali yo`lining Muqimiy ko`chasidan Baynalmilal ko`chasigacha bo`lgan qismi;

2) “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi odidagi So`galliota ko`chasining Bunyodkor ko`chasidan A.To`qay ko`chasigacha bo`lgan qismi;


Shayxontohur tumani:

1) “Xo`ja Alambardor” masjidi oldidagi Kamolon ko`chasining Bunyodkor ko`chasidan Kattabog` 6-tor ko`chasigacha bo`lgan qismi;

2) “Shayx Zayniddin” masjidi odidagi  Ko`kcha darboza ko`chasining Nurafshon ko`chasidan Beshqayrog`och ko`chasigacha bo`lgan qismi.

Yunusobod tumani:

1) “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko`chasining Sh.Rashidov ko`chasidan Ko`rgazma ko`chasigacha bo`lgan qismi;

2) “Mirza Yusuf” masjidi oldidagi Bog`ishamol ko`chasining A.Temur shoh ko`chasidan Bodomzor yo`li ko`chasigacha bo`lgan qismi.
 

Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Maz`un” masjidi oldidagi KXAY ko`chasining Qushbegi ko`chasidan Cho`pon ota ko`chasigacha bo`lgan qismi.


Yashnobod tumani:

“Islom ota” masjidi oldidagi Farg`ona yo`li ko`chasining Tolimarjon ko`chasidan A.Fitrat ko`chasigacha bo`lgan qismi yopiladi.

“ Shu bilan bir qatorda sharoit taqazo etganda shahrimizdagi boshqa jome masjidlari atrofidagi ko`chalar ham qisman yopilishi mumkinligini ma`lum qilamiz”, - deyiladi xabarda. 


 

Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz.


 

🎥 YouTube     🌏 Telegram     🌐  Web-site

    Boshqa yangiliklar