O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe suiqasd natijasida bevaqt vafot etgani munosabati bilan Yaponiya Imperatori Naruxito va Bosh vaziri Fumio Kisidaga hamdardlik yo`lladi.
Ta`ziyanomalarda janob Abening strategik dasturlari va innovasion tashabbuslari Yaponiyaning barqaror rivojlanishiga, mamlakatning xalqaro munosabatlar va jahon iqtisodiyoti tizimidagi rolini yanada kuchaytirishga xizmat qilgani qayd etilgan.
Yirik davlat arbobining O`zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni rivojlantirish, strategik sheriklik aloqalarini izchil va samarali kengaytirish borasidagi shaxsiy xizmatlari doimo yuksak qadrlanishi ta`kidlangan.
Shuningdek, davlatimiz rahbari marhumning rafiqasi va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etgan.






