AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan "doverennost" uchun notariusga borish shart emas

'1 sentyabrdan "doverennost" uchun notariusga borish shart emas'ning rasmi

“Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo`nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo`shimcha qulayliklar yaratish to`g`risida”gi Prezident qaroriga ko`ra, 2022 yil 1 sentyabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylashtirish yo`lga qo`yiladi.  Bu haqda Adliya vazirligining Matbuot kotibi Sevara O`rinboeva xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga (BHMning 3 baravari – 900 ming so`mga) nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

● bir oygacha bo`lgan muddatga — 10 foiz (90 ming so`m);

● olti oygacha bo`lgan muddatga — 50 foiz (450 ming so`m);

● uch yilgacha bo`lgan muddatga — 100 foiz (900 ming so`m).

 Yuridik shaxslar haydovchilarining 2 yilda 1 marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar