AsosiyJamiyat

O`zbekistonda benzin narxi oshdi-(mi)?

'O`zbekistonda benzin narxi oshdi-(mi)?'ning rasmi

Ayni kunlarda Ai-80 rusumli avtobenzin narxi to`satdan oshib ketishi jamoatchiliking keskin e`tiroziga sabab bo`lib, keng muhokama qilinmoqda.

Xo`sh, bunga “O`zbekneftgaz” qanday munosabat bildiradi?

Aksiyadorlik jamiyatining ma`lum qilishicha, oxirgi kunlarda import qiluvchi korxonalar tomonidan yuqori oktanli avtobenzinning chetdan keltirishini kamayishi natijasida, Ai-80 rusumli avtobenzinga bo`lgan talab ortmoqda.

“O`zbekneftgaz” AJning Toshkent shahri va viloyatiga qarashli AYoQShlarda 1 litr Ai-80 rusumli avtobenzin narxi 6 800 so`mni tashkil etgan shunday bir paytda, hususiy AYoQShlarda 7 000 so`mdan 7 700 so`mgacha yoki 200 so`mdan 900 so`mgacha qimmat narxlarda sotilmoqda.

"Respublika iste`molchilariga iyul oyi 7 kunida etkazib berilgan benzin miqdorini o`tgan hisobot davriga mos ravishda taqqoslanganda, respublika bo`yicha 1 193 tonnaga yoki 120 foizga ehtiyoj oshgan bo`lsa, Andijonda 222 foiz, Toshkent viloyatida 163 foiz, Jizzaxda 155 foiz, Qashqadaryoda 141 foizni tashkil etib respublika ko`rsatgichidan katta",-deydi jamiyat.

Ta`kidlanganidek, Ai-80 rusumli avtobenzinga talab ortishi natijasida iyul oyida Ai-80 rusumli avtobenzinning birja savdolarida 1 tonna uchun shakllangan narxi 9 366 ming so`mni tashkil etgan.

Joriy oyda ushbu ko`rsatkich 10 454 ming so`mni tashkil etib, iyun oyida o`rtacha shakllangan narxlarga nisbatan 974 ming so`mga oshgan. Bu esa o`z navbatida, xususiy AYoQShlar tomonidan sotiladigan Ai-80 rusumli avtobenzin narxi oshishiga olib kelgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar