O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha quruq, salqin ob-havo saqlanib turadi, kunduzi harorat 30-35° atrofida bo`ladi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. 33-35° bo`lgan qulay harorat saqlanib turadi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona viloyati tog` oldi hususlarida va tog`llarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat 21-26° bo`ladi.






