O`zbekistonda Qurbon hayiti bayramini yuqori darajada o`tkazish maqsadida Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari tomonidan iste`molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash choralari ko`rildi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, bayram kunlari:
-Elektr stansiyalar, neft va gaz ob`ektlarining shtat rejimida ishlashi ta`minlanadi;
-Elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar bo`ylab tunu-kun ishlaydigan 227 ta avariyaga qarshi brigadalar tashkil etildi;
-Iste`molchilarga tabiiy va suyultirilgan gaz etkazib berish sifatini yaxshilash maqsadida tunu-kun ishlaydigan 244 ta avariyaga qarshi brigadalar tashkil etildi;
-Yurtimizdagi 2 000ga yaqin jome` masjidlarining energiya rusurslari ta`minoti holati nazoratga olindi;
-Bayram tadbirlari bo`lib o`tadigan joylardagi elektr va gaz ta`minoti nazoratga olindi.
"Hurmatli iste`molchilari, elektr energiyasi ta`minoti yuzasidan 11-54 qisqa raqami yoki Telegram’dagi (@HET_admin) adminstratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz ta`minoti yuzasidan 1104 va (71) 200-08-04 ishonch telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog`idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin", - deyiladi xabarda.






