Qurbon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy mamlakatlardan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tabriknomalarda O`zbekiston etakchisi va ko`p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan, mamlakatda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan siyosat to`liq qo`llab-quvvatlangan, shuningdek, ikki tomonlama do`stlik munosabatlari va ko`p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga intilish qat`iy ekani ta`kidlangan.
Quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:
- Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,
- Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on,
- Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev,
- Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov,
- Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon,
- Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
- Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev,
- Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,
- O`mon sultoni Haysam bin Toriq Al Said,
- Iordaniya podshohi Abdulla II,
- Kuvayt amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,
- Kuvayt valiahd shahzodasi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
- Falastin prezidenti Mahmud Abbos,
- Birlashgan Arab Amirliklari vise-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum,
- Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o`rinbosari shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
- Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag`dod Amreev,
- Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim,
- Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy,
- Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.






