AsosiyJamiyat

"Hokim bug`doyimni o`g`irladi" deb axborot tarqatgan fermer javobgarlikka tortiladi"

'"Hokim bug`doyimni o`g`irladi" deb axborot tarqatgan fermer javobgarlikka tortiladi"'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani hokimi fermerning bug`doyini o`g`irlagani haqida xabar berildi. Tuman hokimligi axborot xizmati esa ayni paytda bu xabarni rad etib, fermer tuhmati uchun javobgar bo`lishini bildirdi.

"Shahrisabz tumanidagi “Ashurov Yorqin Istamovich” fermer xo`jaligidagi g`alla o`rib ketilgani bilan bog`liq videoaxborotlar turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelinmoqda. Ushbu axborotda fermer Yorqin Ashurov o`rim-yig`im ishlari 22 iyun kuni boshlangani, o`sha kuni tungi soat 2:00 gacha o`rim bo`lgani, 9 gektar erdan 50 tonna g`alla topshirganini iddao qiladi. Aslida esa “Ashurov Yorqin Istamovich” fermer xo`jaligida 2022 yilgi g`alla hosili uchun o`rim-yig`im ishlari joriy yilning 23 iyun kuni boshlanib, 25 iyun kuni nihoyasiga etgan. O`rganishlar natijasida yig`ilgan hujjatlar fermerning iddaosi va u keltirgan raqamlarni butkul rad etmoqda. 23 iyun kuni Yorqin Ashurov 7,5 tonna (Yorqin Ashurov iddaosida oshirib ko`rsatilgan tonna 42,5 tonna). 24 iyun kuni 36,64 tonna, 25 iyun kuni esa 24,76 tonna bug`doy o`rib topshirgan. Uning jami 20,9 gektarlik g`alla maydonidan olingan hosili 68,9 tonnani tashkil etgan. Bu raqamlar fermer o`zi imzo qo`yib, muhr bosgan yuk xatlarida ko`rsatib o`tilgan",-demoqda hokimlik.

Ma`lum qilinishicha, “Shahrisabz baraka don” MChJ g`allachilik klasteri bilan “Ashurov Yorqin Istamovich” fermer xo`jaligi o`rtasida tuzilgan fyuchers shartnomasiga asosan fermer unga yil davomida xizmat ko`rsatib kelgan klasterga gektariga 35 tonnadan jami 73,1 tonna bug`doy topshirishi shart bo`lgan. Ammo fermer shartnoma shartlarini buzib, klasterga g`allani 4,2 tonna kam topshirgan. Ashurov Yorqin o`rim-yig`im ishlarida to`liq ishtirok etgan. Keyinchalik g`alla sotish shartnomaviy rejasi bajarilmay qolgach, ishchilariga oylik maosh sifatida va`da qilingan bug`doyni to`lashdan qochish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali turli yolg`on bo`htonlar tarqatishni reja qilgan va amalga oshirgan.

Shuningdek, Yorqin Ashurov videoaxborotda bug`doylar “Ximpunkt”ga to`kilayotganini, u er zaxar ekanini aytib o`tgan. Aslida u aytib o`tgan joy “Amir Temur” hududidagi mineral o`g`itlar tarqatish shohobchasi bo`lib, unda qariyb 30 yildan buyon hech qanday kimyoviy vositalar saqlanmagan. Sanitariya epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati markazi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hududni o`rganmay, uning qachonlardir “kimyoviy o`g`itlar omborxonasi” bo`lganini asos qilib, bu erda bug`doy saqlashni maqsadga muvofiq deb topmagan.

Hokimlik Yorqin Ashurov va boshqalarga nisbatan internet tarmog`idagi turli axborot dasturlari va “Yutube” kanallarida tuman hokimiga turli g`arazli va past niyatlarda tuhmat qilgani uchun O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotganini aytmoqda. 

"Kelgusida tergov organlari tomonidan aybdor shaxslar doirasi aniqlanadi, haqiqat qaror topadi va javobgarlarga jazo muqarrarligi ta`minlanadi",-deyiladi raddiyada.

    Boshqa yangiliklar