AsosiyJamiyat

Samarqanddan Moskvaga uchgan samolyot texnik sabablarga ko`ra ortga qaytdi

'Samarqanddan Moskvaga uchgan samolyot texnik sabablarga ko`ra ortga qaytdi'ning rasmi

Bugun, 10 iyul kuni tongda Samarqanddan Moskva tomon uchgan "Rossiya" aviakompaniyasining Sukhoi Superjet 100 samolyoti texnik sabablarga ortiga qaytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.

Ma`lum qilinishicha, "Rossiya" aviakompaniyasining FV-6552 reysi mahalliy vaqt bilan soat 07:17 da Samarqanddan Moskvaga jo`nab ketgan. 

"Texnik sabablarga ko`ra, samolyot ekipaji jo`nab ketgan aeroportga qaytishga qaror qildi va mahalliy vaqt bilan soat 09:00 da normal qo`ndi",-deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, ayni damda ushbu samolyot Samarqand aeroportining favqulodda uchish-qo`nish yo`lagida turibdi, bortda hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar