Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda ko`p qavatli uylardagi xonadonlar soni 1,4 milliontani tashkil etmoqda.
Bu ko`rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 39,0 mingtaga oshgan.
Hududlar bo`yicha ko`p kvartirali uylardagi kvartiralar soni:
Qoraqalpog`iston R. – 42,9 mingta
Andijon viloyati – 51 mingta
Buxoro viloyati – 63,8 mingta
Jizzax viloyati – 66,4 mingta
Qashqadaryo viloyati – 57,3 mingta
Navoiy viloyati – 73 mingta
Namangan viloyati – 44,6 mingta
Samarqand viloyati – 88,2 mingta
Surxondaryo viloyati – 43,5 mingta
Sirdaryo viloyati – 41,6 mingta
Toshkent viloyati – 165,2 mingta
Farg`ona viloyati – 121,4 mingta
Xorazm viloyati – 35,3 mingta
Toshkent shahri – 508,3 mingta






