AsosiyJamiyat

Buxoroda odamlarning qo`yini bo`g`izlab ketayotgani aytilgan chupakabra o`ldirildi (video)

'Buxoroda odamlarning qo`yini bo`g`izlab ketayotgani aytilgan chupakabra o`ldirildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda paydo bo`lgan chupakabra o`ldirilgani aytilgan xabar tarqaldi. 

Ma`lum bo`lishicha, holat viloyatning Romitan tumanidagi “Chilong`u” mahalla fuqarolar yig`inidagi Suspatta qishlog`ida sodir bo`lgan.

Mahalla fuqarolar yig`ini raisi Nutfullo Saidovning “Daryo”ga ma`lum qilishicha, haqiqatan ham hududda bir dona chupakabra paydo bo`lgan. Biroq u aholining mol-hol va qo`y-qo`zilariga ziyon etkazishga ulgurmagan.

“Suspatta qishlog`i Gazli cho`li hududiga yaqin manzilda joylashgan. Cho`l zona bo`lgani uchun u erda shoqol, daydi itlar, chiyabo`ri, tulki, yumronqoziq va boshqa hayvonlar bor. Mahalla bolalari chupakabraning shu manzildagi 2-sonli kasb-hunar maktabi yaqinida yurganini ko`rib qolgan. Sergaklik bilan mol-hollariga ziyon etkazmasligi uchun uni quvlashga tushishgan. Chupakabra savdo do`konining erostiga kirib ketgan. U juda ham ozg`in va kasal holatda bo`lgan. Haqiqatan ham uni mahallamiz odamlari o`z xavfsizliklari uchun o`ldirishgan”, — deydi Nutfullo Saidov.

Mahalla raisining bildirishicha, bir nechta yovvoyi hayvonlarning aholi qo`yini sudrab ketayotgani tasvirlangan videodagi hayvonlar chupakabra emas, balki daydi itlar hisoblanadi. Ular chupakabra hayvoni paydo bo`lishidan ilgari aholining qo`y-qo`zilariga hujum qilgan. Bu haqda tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo`limiga ham ma`lumot bergan.

 

    Boshqa yangiliklar