O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Samarqand shahrida “Wizz Air Abu Dabi" loukoster aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashib, ular bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuvda xalqaro turizmni rivojlantirish, parvozlar uchun qulay sharoitlarni yaratish orqali O`zbekistonga sayohat qiluvchi BAAliklar sonini oshirish masalalari haqida so`z yuritildi.
Ushbu muzokaralar natijasida shu yilning oktyabr oyidan boshlab samarqandliklar va sayyohlar eng arzon aviakompaniyalardan biri hisoblangan “Wizz Air Abu Dabi” xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo`ladi.
Tashrif davomida mehmonlar Samarqand shahrining tarixiy va diqqatga sazovor maskanlarini ko`zdan kechirishdi.






