AsosiyJamiyat

Toshkent va Sirdaryoda farzandini sotgan ayollar ushlandi

'Toshkent va Sirdaryoda farzandini sotgan ayollar ushlandi'ning rasmi

DXX odam savdosi bilan bog`liq jinoyat haqida xabar berdi. 

DXX va IIV xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1994 y.t. A.Sh. joriy yilning 15 iyun kuni tug`ilgan farzandini 35 ming AQSh dollariga sotib, kelgusida bolani qaytarib olish uchun da`vo qilmaslik bo`yicha tilxat yozib bergan vaqtida ushlandi. Shuningdek, uning mazkur noqonuniy harakatini amalga oshirishida yordam bergani uchun 200 AQSh dollari olgan tug`ruqxona shifokori ham qo`lga olindi.

Boshqa holatda esa DXX Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQK departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Boyovut tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda 1993 y.t. X.D. o`zining 2018 y.t. o`g`lini 16 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar