12 iyul kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida “O`zbekiston va Turkmaniston. O`zaro hamkorlikning yangi tarixiy bosqichida rivojlanish istiqbollari" mavzusida xalqaro anjuman tashkil etiladi.
Anjumanda O`zbekiston va Turkmaniston davlat va tahliliy tuzilmalari – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi, O`zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi O`zbekistonning eng yangi tarixini muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi, Respublika turkman milliy madaniyat markazi, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar instituti, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar ilmiy markazi, Turkmaniston Xalqaro gumanitar fanlar universiteti, Turkmaniston Fanlar akademiyasi huzuridagi Maxtumquli til, adabiyot va milliy qo`lyozma instituti rahbarlari va etakchi ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Bo`lajak tadbir O`zbekiston-Turkmaniston hamkorligining bugungi holati va hamkorlikning yangi istiqbolli yo`nalishlarini, mintaqaviy muloqotni mustahkamlash va kengaytirish, jumladan, belgilash bo`yicha ochiq fikr almashish uchun samarali maydonga aylanadi.






