Ijtimoiy tarmoqlarda qayd etilishicha, banklar tajriba tariqasida bankomatlar orqali yirik naqd echish uchun 1,5 foizdan 3 foizgacha komissiya o`rnatishmoqda ekan.
Bir guruh bank va bankirlarga yaqin kanallarda bankomatlarda pul echishda komissiya to`lovi 3%gacha eksperiment tariqasida oshirilgani va buning to`g`ri ekanligi haqida postlar qoldiryotgan bo`lsa, boshqalarning munosabatlari uning aksini ko`rsatmoqda.
Xususan, bakiroo telegram kanali bunga munosabat bildirar ekan. Bozor va biznes qoidalariga ko`ra, talab va taklifni muvozanalash uchun katta miqdorda naqdlik echish uchun yuqoriroq komissiyalar o`rnatilishi iste`molchilar uchun ham, banklar uchun manfaatli qadam bo`lishini ta`kidlaydi. U jarayonning bunday yo`lga qo`yilishi naqd pulning tranzaksion tannarxi/xarajatlari va naqdlikka talab ancha baland bo`lgan uzoq va chekka tumanlarda ayniqsa muhim, deya hisoblaydi. Fikrini isboti tariqasida "bargalar" (tijoriy maqsadlarda naqd puldan foydalanuvchilar) katta miqdordagi naqdlikni echib ketishi natijasida pensioner/ byudjetniklarga naqd pul qolmasligi, ya`ni naqd pulga nisbatan iste`mol xaridi uchun talabgorlarning talabi qondirilmay qolayotgan keltiriladi.
davletovuz kanali bu ochiqdan-ochiq xalqni talashga intilish, noto`g`ri amaliyotni yana noto`g`ri amaliyot bilan haspo`shlashga urinishdan boshqa narsa emas, deya izohlaydi.
" – Go`yoki O`zbekiston banklari bozor munosabatlariga o`tgan-u, hozir ma`muriy cheklovlardan qiynalib qolishyapti. Muammoni boshqa muammo bilan, xalqqa og`irroq qilish bilan echim izlamang.
Kimga imkon berilsa, birinchi bo`lib xalqqa o`lpon solishni o`ylaydi. Ikki raqamli inflyasiya, yana o`z pulingni to`ya qilishlari talonchilikdir" – deydi kanal admini.
Alimoff kanali buni sabab qolib, oqibat bilan kurashish deya atab, balki bankomatlar ko`paytirilar, naqd pul etishmovchiligini oldini olarmiz? Yo`q, xalqni ustiga gruz qo`yamiz, deya kinoya qilgan.
Allaev Uz kanali hammasini balki orqaga qaytarishar, degan gumonda. U muammoni echish uchun ikkita savolni o`rtaga tashlamoqda.
1. Nima uchun naqd pulga nisbatan talab oshib ketdi?
2. Agar talab oshmagan bo`lsa, nima uchun banklarda naqd pul etishmayapti?
Mana shu ikki savol atrofida chuqur va xolis izlanish va muammoning ildizini yoki ildizlarini topish kerak. Boshqachasiga kosmetik remont bilan muammoni vaqtinchalik yashirishga erishamiz, xolos, deydi bloger.






