AsosiyJamiyat

Boku aviaqatnovlarida yuk me`yori oshmoqda

'Boku aviaqatnovlarida yuk me`yori oshmoqda'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" 2022 yil 11 iyuldan 14 avgustgacha "Toshkent-Boku-Toshkent" yo`nalishida yuk tashish oshirilishini ma`lum qildi.

Yuk tashish me`yori quyidagi tariflarda oshadi:

1.  Y-/B-/M har biri 23 kg/158 sm gacha bo`lgan 3 ta joyga ruxsat beriladi;

2.  K-/T-/V-/O-/S-/U -/L har biri 23 kg/158 sm gacha bo`lgan 2 ta joyga ruxsat beriladi.

Guruh bo`lib olingan tarifda, shuningdek, biznes-klass tariflarida yuk tashish me`yorlari o`zgarishsiz qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar