AsosiyJamiyat

Milliy tadqiqotlar texnologik universitetining birinchi qaldirg`ochlari uchirma bo`lishdi

'Milliy tadqiqotlar texnologik universitetining birinchi qaldirg`ochlari uchirma bo`lishdi'ning rasmi

Milliy tadqiqotlar texnologik universiteti MISiS Olmaliq filiali bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

Mazkur oliygohni bu yili Konchilik ishi, metallurgiya va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kabi mutaxassisliklari bo`yicha 72 nafar talaba tamomladi. Ulardan 4 nafari a`lochi sifatida e`tirof etildi.

Tadbir ishtirokchilari e`tiboriga filialning tashkil etilishi va tarixiga oid videofilm namoyish etildi.

Tantanali marosimda Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, MTTU MISiS rektori Alevtina Chernikova, MTTU MISiS Olmaliq shahridagi filiali direktori va OKMK boshqaruvi raisi hamda mamlakatimizning kon-metallurgiya sanoati sohasidagi korxonalar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda bitiruvchilar va ularning ota-onalariga samimiy tilaklar bildirildi. Shuningdek ustozlarga ham minnatdorchilik izhor etildi.

So`ngra, har bir talabaga tantanali ravishda diplom topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida taniqli estrada xonandalari barchaga bayramona kayfiyat bag`ishladi.

Tadbir davomida turli xil tanlovlar va fleshmoblar talabalarga o`ziga xos sovg`a bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar