AsosiyJamiyat

Namanganda ayol o`zini Shimoliy Farg`ona kanaliga tashladi

'Namanganda ayol o`zini Shimoliy Farg`ona kanaliga tashladi'ning rasmi

11 iyul kuni soat 16:30lar chamasida Davlatobod tumani hududidan oqib o`tgan Shimoliy Farg`ona kanali qirg`og`ida ayol o`zini suvga tashlamoqchi bo`ldi. Buni ko`rgan fuqarolar "102" qisqa raqamiga murojaat qilishgan.

Kelib tushgan murojaatga asosan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong`in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan etib borgan vaqtda ayol o`zini kanalga tashlagan.

Oxir-oqibat qutqaruvchilar tomonidan ayol sog`-salomat kanaldan qutqarib olib chiqilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.
 

    Boshqa yangiliklar