Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 2 iyul kuni Lacetti avtomashinasi ag`darilib ketishi oqibatida yo`lovchilar halok bo`ldi. Bu haqda viloyat Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qilgan.
Qayd etilishicha, yo`l-transport hodisasi shu kuni 15:30 atrofida Xatirchi tumani hududidan o`tgan 4R-56 davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo`lida sodir bo`lgan. 25 yoshli haydovchi Lacetti mashinasini Langar—Xatirchi yo`nalishida boshqarayotib, tezlikni oshirishi sabab rul boshqaruvini yo`qotgan. Oqibatda yo`lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, ag`darilgan.
YTH oqibatda mashina salonidagi ikki nafar yo`lovchi qiz og`ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo`lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.






