Respublikadagi davlat oliy ta`lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot bo`yicha o`qitishga nomzodlardan arizalar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
️Bunda nomzodlar platformada:
- o`zining pasport ma`lumotlari, JShShIR ma`lumoti haqida axborotlarni kiritadi;
- diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
- hamda o`qish istagini bildirgan oliy ta`lim muassasasi va ta`lim yo`nalishini tanlaydilar.
️Bunda, xorijiy davlatlar ta`lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikasiyadan o`tkazilgan bo`lishi lozim.
️Ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot bo`yicha o`qitish to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Arizalar 10 avgustga qadar qabul qilinadi.






