Braziliyada yozgi Olimpiada o`yinlari davrida teraktni amalga oshirishni rejalashtirgan terrorchi qo`lga olindi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri .
Jinoyatchi so`roq qilingandan keyin qat`iy tartibli qamoqxonaga joylashtiriladi. Bu ish bo`yicha yana 10 kishi qamoqxonada saqlanmoqda. Ularning hammasi “Islom davlati” guruhi bilan aloqada gumon qilinmoqda.
Ayni paytda Urugvay polisiyasi Braziliya chegarasida maxsus operasiya o`tkazmoqda. Bularning barchasi terrorchilikning oldini olish maqsadida o`tkazilayotgan profilaktik tadbirlardir. Bu tadbirda 400 ga yaqin polisiyachi ishtirok etmoqda. Ular qo`shni mamlakatga qurol, soxta hujjatlar va xavfli moddalar olib o`tilmasligining oldini olish uchun harakat qilishmoqda.





