AsosiyDunyo

Turkiyada davlat to`ntarilishiga urinishdan so`ng hukumat 11 ming fuqaroning pasportini bekor qildi

Turkiyadagi 16 iyul kuni ro`y bergan davlat to`ntarilishiga urinishdan so`ng 11 mingga yaqin fuqaroning pasporti bekor qilindi, deya ma`lum qilgan Turkiya ichki ishlar vaziri Efkan Ala, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.  

Agentlikning xabar berishicha, pasport fuqaroning nafaqat mamlakat ichkarisida, balki chet elda ham  shaxsini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi. 16 iyul kuni Turkiyada davlat to`ntarishga bo`lgan urinishda isyonchilarning aksariyat qismini harbiylar tashkil etgani uchun, armiya va polisiya xodimlari  ichida tozalash ishlari o`tkazildi. Isyondan keyin hukumat favqulodda holat tartibini joriy qildi. Katta shaharlarda mitinglar o`tkazilib, namoyishchilar isyonchilarni qatl etishni talab qilgan. Mamlakat prezidenti Rajab Toyip Erdo`g`an o`lim jazosini bekor qilish haqidagi qonunni hukumat qayta ko`rib chiqishi lozimligini bildirgan. O`tkazilgan matbuot anjumanida Turkiya madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji mamlakatda favqulodda holat tartibi e`lon qilingan vaqtda o`lim jazosini qayta tiklash, konstitusiyaga o`zgartirish kiritish mumkin emasligini ma`lum qildi. 

Mamlakat davlat xizmatchilarining, oliy o`quv yurtlari o`qituvchi va professorlarining chet elga chiqishlari qisman chegaralanib, taqiqlandi. Mabodo ular chet elga chiqadigan bo`lsa, ish joylaridan chet el safariga chiqishdan maqsadlari to`g`risida ma`lumotnoma ko`rsatishlari talab etiladigan bo`ldi.

Boshqa yangiliklar