AsosiyJamiyat

Hojilar 14 iyuldan O`zbekistonga qaytishni boshlashadi

'Hojilar 14 iyuldan O`zbekistonga qaytishni boshlashadi'ning rasmi

 “Haj – 2022” dasturi doirasida ziyoratchilarimiz shu yil 14 iyul–4 avgust kunlari yurtimizga qaytib keladi.  Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekistonga qaytuvchi hamyurtlarimiz o`z parvozlarini Jidda shahridan O`zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukusda joylashgan xalqaro aeroportlarga amalga oshiradi. Unda jami 12 mingdan ziyod yo`lovchi tashish reja qilingan.  

️ “Haj – 2022” tadbirining uzluksiz va tartibli o`tkazilishida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bortkuzatuvchisi jalb etilgan. Ushbu yo`nalishdagi aviaqatnovlar "Boeing 767" havo kemalarida amalga oshiriladi. Yurtdoshlarimizga havo sahnida turli taom va ichimliklar taklif etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar