E`zozbek Rizaev, shifokor:
— Ma`lumki, COVID-19 infeksiyasi onkologik kasallikka chalingan bemorlarda juda og`ir o`tadi.
Shu bois Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan onkologik xastaliklar bilan og`riyotgan bemorlarni koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash zarur, deb belgilangan.
Biroq bunda tibbiy muolajalar turiga e`tibor qaratish lozim.
Ya`ni agar bemorda kimyo yoki nur terapiyasi kursi o`tkaziladigan bo`lsa, emlash ushbu muolajadan avval qilinishi zarur.
Sababi, bu tibbiy muolajalar inson organizmida immun tizimining kuchsizlanishiga olib keladi. Natijada, bu payt bemor vaksina olganida tanada koronavirus infeksiyasiga qarshi javob reaksiyasi – antitanachalar ishlab chiqarilishi past bo`ladi.
Demak, onkologik kasalliklarga chalinganlar COVID-19ni engil o`tkazishi uchun ham emlanishi zarur.






