Amerikaning Pfizer farmasevtika kompaniyasi bosh direktori Albert Burla dunyoda koronavirus tarqalishining yangi to`lqini allaqachon boshlanganini, ammo hozircha odamlar shifokorlar qo`lidagi dori vositalari tufayli o`zlarining odatiy turmush tarziga bexatar rioya qilishlari mumkinligini aytdi.
Shuningdek, Burla har bir davlatning COVID-19 ga qarshi emlash bo`yicha o`z tavsiyalari borligini ta`kidladi.
«Pandemiyaning yangi to`lqini boshlandi. Biroq hali hamma ham vaksinaning to`rtinchi dozasini qabul qilmagan. Vaholanki dunyoda nazorat qilish qiyin bo`lgan «omikron» shtammi mavjud. Bizdagi (Isroildagi) ma`lumotlarga ko`ra, vaksina kasalxonaga yotqizish yoki COVID-19dan o`lim ehtimolini ancha kamaytiradi", dedi Burla.
Shu bilan birga u hukumatlarga tavsiyalar bermasligini ta`kidladi.
«Men ularga ma`lumot beraman va ular o`z aholisiga tavsiyalar berishadi. Masalan Isroilda vaksinaning to`rtinchi dozasi bo`yicha tavsiyalar mavjud va odamlar bizda mavjud bo`lgan ijtimoiy masofaviy talablarga rioya qilishlari shart emas», dedi u.