Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Sug`urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori o`rinbosari Botir Usmonaliev ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, “Sug`urta faoliyati klassifikatori”ga qo`shimcha sug`urta klasslarini qo`shish orqali kengaytirildi.
Bunda hayotni sug`urta qilish sohasidagi mavjud 4 ta klassga yana 3 ta klass qo`shildi. Bular:
- Tartib raqami bo`yicha V-klass — “Majburiyatlarni ta`minlash uchun hayotni sug`urtalash”;
- Tartib raqami bo`yicha VI-klass — “Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug`urtasi”;
- Tartib raqami bo`yicha VII-klass — “Kapitalni qaytarish bilan hayotni sug`urtalash”.