Qozog`istonda suv resurslari kamayishi kuzatilmoqda. Bu haqda mamlakat suv resurslari qo`mitasi raisi o`rinbosari Dosbol Bekmagambetov ma`lum qildi, deb yozadi Zamon internet nashri.
“Mahalliy va transchegaraviy oqimlarning qisqarishi hisobiga suv resurslari kamaygani kuzatilmoqda. Agar 200 yillarda ko`p yillik daryo oqimining o`rtacha hajmi 120 kub kilometrni tashkil etgan bo`lsa, hozirda bu 102 kub kilometrga tushgan. Bularning barchasi iqlim o`zgarishi va antropogen omillar hisobiga ro`y bergan”, – degan Bekmagambetov.
Uning so`zlariga ko`ra, bu ko`rsatkich 2030 yilda 99.4 kub kilometrga tushib ketishi mumkin.